SAYLOV 2019

SAYLOV 2019

Ko'rildi 125 Yangiliklar

O’zbekiston davlat konservatoriyasidagi 5 – “O’qchi” okrugi ma’sul kotibi F.Qurbonova va 645- saylov uchatskasi raisi B.Mirpayazovlar saylov kampaniyasi 2019 yil 20 sentyabrdan boshlanganligi saylovlar yangi Saylov kodeksiga muvofiq o’tkazilishi haqida Konservatoriya talaba – yoshlarga ma’lumotlar berdi. Shuningdek ularga Saylov komissiyalari fuqarolarni o’z ishi to’g’risida, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqti to’g’risida xabardor etildi, saylovchilarning ro’yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro’yxati bilan tanishtirildi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar to’g’risidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi ma’lumotlarni berish tartibi haqida tushuntirildi. Talabalarimiz 2019 yil 22 dekabr kuni o’zlari munosib deb hisoblagan nomzodga ovoz berishadi.