Yangiliklar

XALQARO VEBINAR TALABALAR UCHUN O‘ZIGA XOS YO‘L XARITASI BO‘LDI

Ko'rildi: 125

Qo‘qon universitetining ilmiy-tadqiqot departamenti tashabbusi bilan professor-oqituvchilar va talabalar uchun “Koreya ta’lim tizimi: O‘zbekistonlik talabalar uchun yo‘l-xaritasi” mavzusida Xalqaro vebinar o‘tkazildi. Vebinarda  ishtirokchilarga Qo‘qon universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, yuridik fanlari doktori Bexzod Ochilov xalqaro ilmiy jurnallarga eksperimental tadqiqot natijalarini tavsiflovchi ilmiy maqolalar tayyorlash talablari, universal standartga aylangan IMRAD формати (IMRAD – Introduction, Methods, Results […]

Madaniyat va san’at xalqlarni birlashtiradi

Ko'rildi: 125

O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarini ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, yagona din, o‘xshash madaniyat, urf-odat va an’analar bir-biriga mustahkam bog‘lab turadi. Prezidentlarning siyosiy irodasi va uzoqni ko‘zlab yuritayotgan oqilona siyosati tufayli so‘nggi yillarda mamlakatlarimizning ko‘p qirrali hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi, xalqlarimiz do‘stligi mustahkamlandi. Tojikiston Respublikasida o‘tkazilgan O‘zbekiston madaniyati kunlari tadbirlarida ana shu do‘stona aloqalar va […]

“Yor-yor” badiiy filmi 55 yoshda

Ko'rildi: 125

Poytaxtimizdagi “Zarafshon” konsert zalida “Yor-yor” badiiy filmi suratga olinganligining 55 yilligi munosabati bilan badiiy kecha oʻtkazildi. Elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar, xorijiy mehmonlar, kino ixlosmandlari ishtirokidagi tadbirda “Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Ali Hamroyev, Oʻzbekiston xalq artisti Bahtiyor Ixtiyorov va boshqalar nodir kartinaga aylangan “Yor-yor” filmi va uning suratga olish […]

Oʻzbek filmlari birinchi marotaba Osiyo xalqaro kinofestivali sovrinlariga sazovor boʻldi

Ko'rildi: 125

Oʻzbekistonlik yosh kinoijodkorlarning filmlari birinchi marotaba DigiCon6 Asia Awards 2019 mukofotlariga sazovor boʻldi. Maxliyo Asqaraliyevaning “Sovgʻa” filmi Gonkongda boʻlib oʻtgan “DigiCon6 Asia Awards 2019” nufuzli xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalining “Next Generation” mukofotiga sazovor boʻldi. Film 25 yoshgacha boʻlgan osiyolik yosh rejissyorlar tomonidan yaratilgan kinoasarlar orasida birinchi oʻrinni egalladi. Shokir Xoliqovning “Choy“ filmi birdaniga festivalning […]

Mumtoz musiqa oqshomi

Ko'rildi: 125

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida xalqimizning ardoqli xonandasi, Oʻzbekiston xalq artisti Munojat Yoʻlchiyeva ishtirokidagi konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Munojot Yoʻlchiyeva dunyo sanʼat ixlosmandlariga oʻzbek milliy musiqasi, maqom sanʼatini yuksak saviyada taqdim etib kelayotgan xonanda sanaladi. Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida kamolga yetgan M.Yoʻlchiyeva bolalikdan milliy mumtoz sanʼatimizga oshno boʻlib ulgʻaydi. Uning ijrosi gʻoyat mukammalligi, samimiyati, milliy sanʼatimizning boy […]